QALAMPIR.UZ axborot-tahliliy internet-nashr

Biror xonadon yo‘qki, qalampir kirib bormagan, biror uyning peshtoqi yo‘qki, qalampir osib qo‘yilmagan bo‘lsa. Xalqimiz qalampirni sevib iste’mol qiladi. Ishonamizki, QALAMPIR.UZ axborot-tahliliy internet-nashrini ham sevib o‘qib boradi. Bunga 3 yillik faoliyatimiz davomida kun sayin amin bo‘lib boryapmiz. Qalampir odamlarning kundalik ehtiyojiga aylanib ulgurgan bo‘lsa, ne ajab. 

Mazkur loyiha 2015 yilning yanvar oyidan o‘z ishini boshlagan bo‘lib, uning asosiy maqsadi O‘zbekiston OAV sohasida yangilikka qo‘l urish, xolis, shaffof axborot maydonini yaratish, hech kim so‘z ochmagan, aytishga jur’at topilmagan mavzularni qalamga olib, odamlarning muammolarini hal etish, jamiyatni faqat buguni bilan yashash emas, balki ertasi, uzoq kelajakni oldindan ko‘rib, shunga yarasha intilishga undashdan iborat.

Bizning asosiy qadriyatlarimiz

Inson – eng ulugʻ mavjudot.
Islohotlar – islohot uchun emas, islohotlar – inson va uning manfaatlari uchun, degan shior atrofida oʻz faoliyatimizni qurganmiz. Odamlar hayotida boʻlayotgan har bir voqelik biz uchun qiziq va muhim.
It odamni emas, odam itni tishlagani yangilik.
QALAMPIR.UZʼning doimiy kuzatuvchilari yaxshi bilganidek, biz hamma gapirayotgan mavzular haqida boshqalar qatori soʻz aytishni istamaymiz. Farqlanmasak, eʼlon qilinayotgan xabar, yangilik, maqola, intervyu va tahlillarning biroz qalampiri boʻlmasa, boshqalar qatoriga qoʻshilib qolamiz.
Qalampirda sabrini sinovda toblaganlar, mehnatdan qochmaydiganlargina ishlaydi.
Bugun Oʻzbekistondagi koʻplab internet-nashrlarda bir vaqtlar faoliyatini QALAMPIR.UZʻda boshlab, tajriba orttirgan muxbirlar ishlayapti va biz bundan quvonamiz. QALAMPIR.UZ allaqachon internet-nashrlar orasida maktab maqomini olib boʻlgan.

Bizning liderlarimiz

Qamariddin Shayxov
Qalampir.uz rahbari

Qamariddin Shayxov Qutbiddin o‘g‘li. 1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2015 yilda O‘zbekiston davlat jahon...

Sunnatilla Abdullayev
Bosh muharrir

Abdullayev Sunnatilla To‘xtamurod o‘g‘li. 1996 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2019 yilda Toshkent davlat Sharqshunoslik...

Feruza Najmiddinova
Jurnalist

Najmiddinova Feruzaxon Murodulla qizi. 1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy. 2015 yilda O‘zbekiston davlat san’at...

Rushana Sultonova
Jurnalist

Sultonova Rushanabonu Vohidjon qizi.  1995 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.  Millati - o‘zbek. Ma’lumoti - tugallanmagan oliy. O‘zbekiston davlat jahon tillari...

Humoyun Oripov
Jurnalist

2000 yil Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – tugallanmagan oliy. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti...

Diyora Abdurahmonova
Jurnalist

Diyora Abdurahmonova Bahtiyor qizi. 2002 yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Ma’lumoti tugallanmagan oliy. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti...

Yulduz Abdurashidova
Jurnalist

Yulduz Abdurashidova Zokir qizi 2001 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

Sardor Ali Nurmatov
Jurnalist

Nurmatov Sardor Ali Soat Ali o‘g‘li. 1997 yil Toshkent tumanida tug‘ilgan. Millati - o‘zbek. Ma’lumot - tugallanmagan oliy. Chirchiq davlat...

Nozima Nazirova
Jurnalist

Nozima Nazirova Dilshod qizi 2001-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Millati-o‘zbek. Ma’lumoti-tugallanmagan oliy. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.

t
×