Halima Ibragimovaning singlisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

3-sahifa 101033
image

Bugun, 25 iyun kuni aktrisa Halima Ibragimova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali singlisi Hanifaning Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan hech qanday asossiz olib ketilgani haqida videochiqish qilgan edi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, jinoyat ishlar bo‘yicha Nurafshon shahar sudi 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro H.I.ga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash bo‘yicha ajrim qilgan va uning ijrosini ta’minlash Ichki ishlar organlariga yuklatilgan.

Bunga H.I.ning O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangani, jinoyatining ijtimoiy xavflilik darajasi hamda hozirgi kunda dastlabki tergovdan bo‘yin tovlab yurgani va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingani sabab bo‘lgan.

Mazkur ajrimga asosan, Toshkent tumani IIB xodimlari tomonidan fuqaro H.I.ning (qidiruvda bo‘lgan) yashiringan manzili aniqlanib, ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan. 

Xabarga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 6433
Reyting: 3
t
×