Neftga burkangan Jonson, alanga ichidagi Kaliforniya, arosatdagi iroqlik ona – hafta suratlari

Bu qiziq 7285
image

Bu hafta dunyo miqyosida qiziqdan-qiziq voqealar yuz berdi. Qaysidir davlatda vulqon portladi, boshqa yerda tayfun kuzatildi. Bir tarafni suv bosdi, bir tarafda esa hamon o‘rmon yong‘inlari. 

Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi, shunday emasmi? QALAMPIR.UZ haftaning engim muhim va qiziqarli voqealarini aks ettirgan suratlarni jamladi.

11 oktyabr: “Greenpeace” ekoharakati a’zolari Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonsonning haykaliga neft surtib chiqdi.

12 oktyabr: Ispaniya qirollik gvardiyasi Madridda Ispaniya milliy kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan harbiy paradda ishtirok etdi. 

12 oktyabr: Kaliforniyadagi Refuxio jarligida yong‘in sodir bo‘ldi.

13 oktyabr: Gongkongga tayfun yopirildi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Maktablarda mashg‘ulotlar to‘xtatildi, fond bozoridagi savdolar bekor qilindi.

14 oktyabr: Kaliforniyadagi Alisal o‘rmonidagi yong‘inlar o‘chirilmoqda.

14 oktyabr: Paranjiga o‘rangan ayol Qobuldagi Chavoq bozori oldidagi taksi yukxonasida. Avtomobil oynasiga shunday so‘zlar bitilgan: "Xudo haqqi, urushishni bas qiling".

15 oktyabr: Gretsiya poytaxti Afina ko‘chalari kuchli yomg‘ir tufayli suv ostida qoldi.

15 oktyabr: iroqlik muhojir ayol Belarus va Polsha chegarasida to‘xtatilgach, bolalari bilan yerda o‘tiribdi. Polsha Belarus orqali kelgan migrantlarni tutib ortga qaytarmoqda. 

16 oktyabr kuni Buxoro shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati yakunlandi. Bokschilar yangilangan 13 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun bahs olib bordi. 63,5 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev (Dinamo SK) Xusan Turdaliyevdan (Toshkent viloyati) ustun keldi.

16 oktyabr: O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyini borib ko‘rdi.

16 oktyabr: Londonning janubi-g‘arbiy qismidagi Richmond Parkdagi bug‘u.

16 oktyabr: Nobel mukofoti sovrindori, “Novaya gazeta” bosh muharriri Dmitriy Muratov Moskvada kutib olindi.

A statue of Christopher Columbus is covered in red paint.

12 oktyabr: Londondagi Xristofor Kolumb haykali vandallar hujumiga uchradi. Ular haykalni qizil bo‘yoq bilan bo‘yagan.

Two men aim weapons down a city street; one kneels and another shelters beside a building. Dust and small bits of debris are flying around.

14 oktyabr kuni Bayrutda 2020 yilda bandargohda yuz bergan portlashni tergov qilishdan norozi shia partiyalarining namoyishi vaqtida otishma sodir bo‘ldi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklarni binolardan biridan o‘q uzgan snayper qo‘zg‘atgan. Otishma oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odam jarohatlangan.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 190
Reyting: 3
t
×