Baku asirlar evaziga muhim xaritani qo‘lga kiritdi

Olam 7163
image
-

Ozarbayjon Armanistonning 10 nafar harbiy xizmatchisini Yerevanga topshirdi. Bu haqda Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

“Ozarbayjon Respublikasi insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda 4 dekabr kuni 10 nafar harbiy xizmatchini Armaniston tomoniga topshirdi”, deyiladi xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabarida.

Armaniston, o‘z navbatida, Ozarbayjonga Baku nazoratiga o‘tgan bir qator hududlarning minalangan maydonlari xaritasini topshirdi, deya xabar bergan maxsus xizmat. Ayirboshlash jarayoniga Rossiya tomoni vositachilik qilgan. Respublika Davlat xavfsizlik xizmati ushbu harbiy xizmatchilar 16 noyabr kuni ikki davlat chegarasida yuz bergan to‘qnashuvlardan so‘ng qo‘lga olinganini ta’kidladi.

Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasiga almashinuvdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qorabog‘ mojarosi

2020 yilning 27 sentyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Qorabog‘ urushi qayta olovlandi.  

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari 2020 yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi. 

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytdi. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi. 

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi. 

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi.  

Noyabr oyiga kelib Ozarbayjon Qurolli Kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi muhim hududlarni, jumladan strategik jihatdan ahamiyatli bo‘lgan Shusha shahrini o‘z nazorati ostiga oldi. Ushbu harbiy harakatlar 2020 yilning 9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi, Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida imzolangan qo‘shma bayonot bilan o‘z yakuniga yetdi. Sulh bitimiga ko‘ra, 10 noyabr soat 00:00 dan boshlab Qorabog‘da harbiy harakatlar butunlay to‘xtatildi, Armaniston Tog‘li Qorabog‘dagi 3 ta hududni Ozarbayjonga qaytarish majburiyatini oldi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 129
Reyting: 3
t
×