Benzema ikkita markaziy uchrashuvni o‘tkazib yuborishi mumkin

Sport 1118
image

Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema oyog‘idagi jarohat tufayli bir hafta davomida maydonga tusha olmaydi. Bu haqda “Goal” nashri xabar bermoqda.

Fransiyalik forvard joriy yilning  4 dekabr kuni “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda (2:0) jarohat olgandi. O‘yindan so‘ng, Benzema tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, unda mushaklarning jiddiy shikastlanishi aniqlanmagan. Ammo shifokorlar jamoa sardorini bir hafta dam olishini talab qilishgan.

Shu sababli Benzema UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turi doirasidagi “Inter”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Uchrashuv joriy yilning 7 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uning Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Atletiko Madrid”ga (12 dekabr) qarshi o‘yindagi ishtiroki so‘roq ostida.

Eslatib o‘tamiz, Benzema “Arsenal” va “Barselona” sobiq futbolchisi Terri Anrini ortda qoldirib, klublardagi faoliyati davomida eng ko‘pgol urgan fransiyalik hujumchiga aylanib olgani haqida xabar bergan edik. Uning hisobida 362 gol mavjud.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Karim madridliklar safida barcha turnirlarda 20 ta o‘yin o‘tkazgan va 17 gol urib, 8 ta golga assistentlik qilgan.


 

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3
Reyting: 3.3
t
×