BMT Bosh kotibi dunyodagi tinchlik ramzi bo‘lgan davlatni aytdi

Olam 40214
image
-

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Mo‘g‘ulistonga tashrifi chog‘ida tashkilot bu davlat bilan to‘liq birdamligini e’lon qildi va uni “muammoli sayyorada tinchlik ramzi” deb atadi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining axborot portali xabar bermoqda.

Bosh kotib Ulan-Batorda Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri Batsetseg Batmunx bilan uchrashgan, so‘ngra matbuot anjumanida jurnalistlar bilan suhbatlashgan.

“Dramatik geosiyosiy qarama-qarshiliklar va keng ko‘lamli mojarolar hukm surayotgan dunyoda Mo‘g‘uliston yadro qurolidan xoli hudud sifatida ko‘plab boshqa davlatlar uchun namunadir”, deydi Guterrish.

BMT rahbari, shuningdek, so‘nggi oltmish yil ichida Mo‘g‘uliston tashkilot faoliyatiga tobora salmoqli hissa qo‘shayotganini aytdi. Uning Mo‘g‘ulistonga tashrifi Janubi-Sharqiy Osiyoga ish safari doirasida rejalashtirilgan edi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1593
Reyting: 3
t
×