Bosh prokuraturaga qarshi ochilgan ish sudda qayta ko‘riladi

Jamiyat 6811
image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xodimi Samir Rahmonovning otasi A.Rahmonov xizmat vaqtida vafot etgan o‘g‘li uchun nafaqa puli to‘lanmayotgani sababli sudga murojaat qilgandi.  Sud esa A.Rahmonovning da’vosini rad etgan.

Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati ushbu ish yuzasidan qo‘shimcha rasmiy ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, A.Rahmonov  mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo‘lib, sudga apellyatsiya shikoyati kiritgan. Ushbu apellyatsiya shikoyati joriy yilning 12 noyabr kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rish boshlangan. 

“Ishni ko‘rishda marhum S. Rahmonovning xotini N. Rahmonova ishga jalb qilinmagani, uning huquq va majburiyatlari tushuntirilmaganini, birinchi instansiya sudida ko‘rilishi mobaynida da’vogar A. Rahmonovda uning manfaatlarida sudga murojaat qilish va ishtirok etish huquqini beruvchi ishonchnoma bo‘lmaganini, qolaversa, A. Rahmonovning o‘zi boquvchisini yo‘qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega shaxslar doirasiga kirmasligi sababli, 2021 yil 6 dekabr kuni sudlov hay’atining ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko‘rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborildi”, deyiladi bayonotda.

Ma’lum qilinishicha, ishni ko‘rish chog‘ida qonunchilik buzilgani, ishni puxta o‘rganmaganligi sababli joriy yilning 6 dekabr kuni sudlov hay’atining ajrimi bilan Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali Morfologiya bo‘limi Sergeli punktining davlat sud tibbiy ekspertizasining boshlig‘i hamda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining boshlig‘iga nisbatan xususiy ajrimlar chiqarilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning aprel oyida Bosh prokuraturaning 33 yoshli xodimi Samir Rahmonov vafot etgandi. Shundan so‘ng, marhumning otasi deputat A. Rahmonov  marhum xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etgani, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotgani sabab sudga murojaat qilgandi. Biroq, sud A.Rahmonovning da’vosini rad etgan. 

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi Bosh prokuratura xodimining vafotiga izoh bergandi. Izohda prokuratura Samir Rahmonovning vafoti haqida tegishli Nizom belgilangan tartibga binoan tegishli idoralarga ma’lum қилмагани aytilgan.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 207
Reyting: 3
Teglar
Sud
t
×