“Faol fuqarolar haftaligi – 2022” forumida muqobil energiya afzalliklari muhokama qilindi

Biznes 4320
image

Bugun, 15 iyun kuni O‘zbekistonda “Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan tashkil etilgan “Faol fuqarolar haftaligi – 2022” doirasida Ekologik forum bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonning ekologiyaga yo‘naltirilgan nodavlat-notijorat tashkilotlari va eko-faollarini mamlakatdagi dolzarb ekologik muammolar, jumladan, uglerod neytralligiga erishishda ilg‘or texnologiyalar va muqobil energiya manbalarining roli bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun birlashtirishdan iborat edi.

Huawei “Bir million daraxt” loyihasida “Yuksalish” milliy harakatining hamkori sifatida “Faol fuqarolar haftaligi – 2022” doirasida o‘tkazilgan “Yashil iqtisodiyot va innovatsiyalar barqaror rivojlanish drayveri sifatida” ekologik forumni qo‘llab-quvvatladi.

“Bugun har bir korxona, tashkilot, har bir inson o‘z faoliyatidan keyin qanday iz qoldirayotgani, yashil dunyoni asrab-avaylashga qo‘shadigan hissasi haqida o‘ylashi kerak. Huawei o‘z faoliyatida ham korporativ mas’uliyatli fuqaro, ham ekotadbirlarda ishtirok etuvchi, ham innovatsiyalarga doimiy sarmoya kirituvchi texnologiya kompaniyasi pozitsiyasidan turib, sayyoramizning barqaror rivojlanishini saqlashga e’tibor qaratishga intiladi. Bizning texnologiyamiz uglerod chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanuvchi yenergiyadan foydalanishni ko‘paytirish, aylanma siklli iqtisodiyotni rivojlantirish va texnologiya orqali tabiatni asrash strategiyasidan iborat. Raqamli texnologiyalar atrof-muhitni muhofaza qilishning asosiy omili ekanligiga ishonamiz”, deydi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori janob Chen Szyakay o‘zining kirish nutqida.

Forum davomida ishtirokchilar ekologik hamjamiyatni tashvishga soladigan eng dolzarb mavzular, xususan, atrof-muhit va bioxilma-xillikni saqlashning zamonaviy vazifalari, “yashil” iqtisodiyotning asosiy tamoyillari, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va yerning degradatsiyasi singari dolzarb mavzularni tilga olishdi. Huawei kompaniyasi qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va rivojlantirishga, shuningdek, uglerod neytralligiga erishish uchun sanoat, transport, qurilish sohalarining raqamli transformatsiyasini jadallashtirish hamda “yashil” raqamli infratuzilmadan foydalanish zarurligiga e’tibor qaratdi.

Tadbir davomida Huawei BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan 2020 yilda boshlangan “Green Aral Sea” loyihasini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shadigan navbatdagi hissasi haqida ma’lum qildi. Loyihadan ko‘zlangan maqsad saksovul ko‘chatlari ekish orqali Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirib, Orol dengizi mintaqasida iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatishdir. Loyihaning “yashil” chempioni sifatida Huawei joriy yilda 10 000 ta ko‘chat ekishga yordam ko‘rsatadi va kompaniyaning umumiy hissasini 40 000 ta saksovul ko‘chatiga yetkazadi.

Huawei O‘zbekistonda 20 yildan ko‘proq vaqtdan beri ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va mahalliy hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash orqali mamlakatning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qilib, o‘z faoliyatini yuritmoqda. 2020 yilda kompaniya Green Uzbekistan tashabbusini boshlab, uning doirasida “Yuksalish” umummilliy harakati va BMT Taraqqiyot dasturining ekoloyihalariga qo‘shildi, shuningdek, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti bilan birgalikda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirdi.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring greenaralsea.org | huawei.com

Reklama huquqi asosida

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 6
Reyting: 3.9
t
×