Buyragi transplantatsiya qilingan toshkentlik 59 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 4815
image

O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Poytaxtda buyragi plantatsiya qilingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashagan 59 yoshli M.M. (ayol) da 15 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchilik, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan.

Ta’kidlash joizki, bemorda 2014 yil buyrak transplantatsiyasi amaliyoti bajarilgan bo‘lib, 2017 yilda ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak o‘z vazifasini bajarishdan to‘xtagan va u doimiy gemodializ olib yurgan. 

Shuningdek, bemorda qandli diabet, yurak ishemik kasalligi, stabil zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, arterial gipertenziya, surunkali buyrak yetishmovchiligi, semizlikning 3-darajasi kabi hamroh kasalliklar ham bo‘lgan.

Bemor  o‘tkir nafas, yurak qon-tomir hamda poliorgan yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 103
Reyting: 3
t
×