COVID-19 ga qarshi bir umrlik immunitet qanday paydo bo‘lishi aytildi

Salomatlik 40016
image

Rossiyaning “Vektor” davlat ilmiy markazi direktori Rinat Maksutov qanday holatda odamda koronavirusga nisbatan umrbod immunitet paydo bo‘lishi mumkinligini tushuntirib berdi.

“Immunitet tizimining ba’zi bir xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuni ayta olaman-ki, agar kasallikning og‘ir davri boshdan kechirilgan bo‘lsa, umrbod immunitet hosil bo‘lishi mumkin”, dedi u.

Shuningdek, u “Vektor” markazi ishlab chiqarayotgan vaksina haqida gapirdi. Maksutovning so‘zlariga ko‘ra, vaksina bilan birinchi emlashdan 14 kun o‘tib, COVID-19 ga qarshi antitanalar xosil bo‘ladi. Ikkinchi emlashdan keyin esa himoyalanish uchun yetarli titr paydo bo‘ladi. Ularning orasidagi tanaffus 21 kun bo‘lishi kerak.

Maksutovning ta’kidlashicha, “Vektor” koronavirusning oldini olish maqsadida ikkita vaksinani fuqarolar uchun muomalaga chiqarishni rejalashtirmoqda. Hozir markaz klinik sinovlar bosqichini yakunlamoqda. Vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni joriy yilning 15 oktyabrigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Avvalroq, O‘zbekiston “Vektor” markazi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi “EpiVakKorona” vaksinasini hamkorlikda sinovdan o‘tkazishga qiziqish bildirgani haqida xabar bergan edik.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1785
Reyting: 3
Teglar
t
×