Dam olish kuni ham O‘zbekistonda yog‘ingarchilik davom etadimi?

Bu qiziq 7390
image
-

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 10 oktyabr kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi  5-7° iliq, kunduzi  11-13° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-2° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida ham havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.  Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, Qashqadaryo viloyatida 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.  Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi,  ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kechasi va ertalab kuchli bo‘lishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 91
Reyting: 3.1
Teglar
t
×