Diqqat! “Uzbekistan Airways” AQSHga ketmoqchi bo‘lganlarga ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat 21131
image

AQSHga kirish uchun yangi qoidalar e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yo‘lovchilar parvozdan kamida 24 soat oldin PZR test hamda kamida 15 kun oldin COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganliklarini tasdiqlaydigan guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak. Bu haqda “Uzbekistan Airways” Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, AQSHga borayotgan yoki tranzit orqali o‘tadigan yo‘lovchilar (2 yoshdan yuqori) COVID-19 uchun parvozdan kamida 24 soat oldin PZR usulida topshirilgan testning manfiy natijasini taqdim etishlari kerak. Ruxsat etilgan testlar: antigen, NAAT, RT-LAMP, RT-PCR yoki TMA. Shuningdek, yo‘lovchilar maxsus attestatsiya varaqasini to‘ldirishlari va ro‘yxatdan o‘tish paytida uni bosma shaklda taqdim etishlari shart.

Bundan tashqari, yo‘lovchilar kelishlaridan kamida 15 kun oldin (emlash kuni + 14 kun) COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganliklarini tasdiqlaydigan guvohnomaga ega bo‘lishlari ham talab qilinadi. Guvohnomada yo‘lovchining ma’lumotlari (masalan, ism va tug‘ilgan sana) pasport/sayohat hujjatida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan mos kelishi kerak.

Bunda quyidagi vaksinalar qabul qilinadi:

•  AstraZeneca (SK Bioscience),
•  AstraZeneca (Vaxzevria),
•  Covishield,
•  Covaxin,
•  Janssen,
•  Moderna (Spikevax),
•  Pfizer-BioNTech (Comirnaty),
•  Sinopharm,
•  Sinovac.

Ma’lum qilinishicha, ushbu vaksinalarning kombinatsiyasiga (o‘zaro qo‘llanilishi), agar ular kamida 17 kun oralig‘ida kiritilgan bo‘lsa, ruxsat etiladi.

Shuningdek mazkur talablar:

•  AQSH fuqarolari;

•  AQSHda yashash guvohnomasiga ega shaxslar;

•  18 yoshga to‘lmagan yo‘lovchilar;

•  sog‘lig‘i sababli vaksinani ololmasligini tasdiqlovchi shifokorning maktubiga ega yo‘lovchilar;

•  AQSH, boshqa hukumat yoki BMT tomonidan taqdim etilgan taklifnoma xati yoki boshqa rasmiy hujjatga ega, xizmat yuzasidan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun amal qilmaydi.

Bu ikki yoshdan kichik yo‘lovchilar, birinchi jo‘nash nuqtasidan ketishdan 90 kun oldin kechiktirmasdan olingan COVID-19 testining musbat natijasi bo‘lgan yo‘lovchilar va sog‘liqni saqlash tashkilotidan yo‘lovchining sayohatga ruxsat berilganligi haqidagi xatga ega bo‘lganlarga taaluqli emas.

Parvozdan oldin yo‘lovchilar attestatsiya shaklini to‘ldirishlari va uni chop etishlari (qog‘oz shaklida chop etishlari), parvozdan oldin ro‘yxatga olish vaqtida taqdim etishlari kerak.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 516
Reyting: 3
t
×