Dollar chiqaruvchi mashinaning egasi. Rotshildlar oilasi sirlari (2-qism)

Bu qiziq 52919
image

Pul shunday kuchki, u bor joyda farovonlik, baxt, to‘kinlik bor. Pul shunday kuchki, u bor joy jahannamga ham aylanadi. Rotshildlar pulning kuchi bilan ikki marta dunyoning kulini ko‘kka sovurdi. Millionlab odamlarning yostig‘i qurishiga zamin yaratib berdi. 1914-1918 yillardagi Birinchi Jahon urushi, 1939-1945 yillardagi Ikkinchi Jahon urushi Rotshildlarning puli bilan bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Oila ikki marta dunyoning eng qudratli mamlakati – AQSHning Prezidentini o‘ldirishdek mudhish jinoyatga ham boshchilik qilgan. Shuningdek, oila ichiga kirganingiz sari Isroil davlatini tashkil etish borasidagi ayrim maxfiy ma’lumotlarga ham ega bo‘lasiz. 

XIX asrdan keyingi dunyoni mislsiz darajada o‘zgartirib yuborgan Rotshildlar sulolasi haqida “Dunyo xazinaboni. Rotshildlar oilasi sirlari” nomli maqolaning 1-qismi o‘quvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Dunyo puliga egalik qilayotgan, dollar chop etuvchi mashinaning kalitini qo‘lida tutib turgan ushbu yahudiy oilaning biz bilgan va bilmagan sirlari talay. Demak, yana Rotshildlar uyida mehmondamiz.

Yahudiy davlatini qurish rejasi

XIX asrning boshlarida Rotshildlar oilasi juda katta kuchni o‘z qo‘lida to‘pladi. Ular, Buyuk Britaniya, AQSH, Fransiya, Italiyadagi birja bozorlarini o‘z nazoratlariga olishgan edi. Endilikda bu oila mustaqil Isroil davlatini barpo etish uchun rejalar tuzdi. Oila bu yerlarni va’da qilingan yer “Arzimamut”, deb atagan. O‘sha vaqtda, bu hududlar Usmonli imperiyasiga qarashli bo‘lgan. Rotshildlar Usmonli imperatori Abdulhamidxondan Quddusdan yer berishni so‘rab, buning evaziga, Usmonli imperiyasining barcha tashqi qarzlarini o‘chirishni taklif qildilar. Nega o‘chirishni taklif qilishgan, to‘lab berishni emas, degan savol tug‘lishi tabiiy. Chunki, o‘sha vaqtda Usmonli imperiyasining asosiy qarzlari Angliya Markaziy bankidan olingan edi. Bankning tizgini esa yahudiy oilaning qo‘lida bo‘lgan. Sulton Abdulhamidxon bu taklifga shunday javob berdi:

“Quddus meniki deb kim aytdi? Bu yerlarni ajdodlarim qon bilan olgan. Dunyoning boyliklarini olib kelsangiz-da, sizlarga bir qarich ham yer bermayman”.   

Bu javobni olgan Rotshildlar dunyoni Jahon urushiga tayyorlashdi. 

Jahon urushi

Birinchi Jahon urushi vaqtida, dunyodagi to‘rtta imperiya quladi. Bular, Usmonli, Rossiya, Avstriya-Vengriya, Germaniya imperiyalari edi. Rotshildlar boshqarayotgan Angliya, Fransiya, AQSH mag‘lubiyatga uchragan imperiyalarning mustamlaka hududlarini o‘z nazoratlariga olishni ko‘zladi. Buning uchun “Millatlar Ligasi”, deb nomlangan xalqaro tashkilotni yaratishdi. Aslida, bu tashkilot qudratli davlatlar qo‘lidagi bir qo‘g‘irchoq edi.

Millatlar Ligasining nizomida “Mandat tizimi” deb atalgan xalqaro huquqning yangi bir normasi belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, Millatlar Ligasi mustamlaka bo‘lib kelayotgan hududni boshqarish huquqini boshqa bir davlatga topshirishi mumkin edi. Bunday huquqni olgan davlat o‘sha mustamlakani mustaqillikka tayyorlashi lozim bo‘lgan. Bu mustaqil Isroil davlatini tashkil etish uchun o‘ylab topilgan bir hiyla edi.

Usmonli imperiyasiga qarashli bo‘lgan Falastin hududlari Buyuk Britaniya ixtiyoriga o‘tdi. Urush tugamasidan oldin Britaniya Tashqi ishlar vaziriligi “Balfur” deb nomlangan deklaratsiyasini imzoladi. Unga ko‘ra,  Falastinda yahudiylar davlatini tuzish rejasi e’lon qilindi. O‘sha vaqtdagi Angliya Tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Artur Balfur Rotshildlar oilasiga shunday maktub yo‘laydi:

“Hurmatli Lord Rotshild. Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan va tasdiqlangan yahudiylarning sionistik intilishlariga hamdardlik bildirilgan, Buyuk qirollik hukumati nomidan sizga quyidagi deklaratsiyani yetkazish sharafiga muyassar bo‘ldim:

“Qirollik hukumati Falastinda yahudiy xalqining milliy uyini tashkil etish masalasini ma’qul ko‘rmoqda va bu maqsadni amalga oshirish uchun qirollik barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi. Falastindagi yahudiy jamoalarning fuqarolik va diniy huquqlarini yoki boshqa mamlakatdagi yahudiylarning huquqlarini buzadigan hech qanday chora ko‘rilmasligi aniq.

Agar siz ushbu Deklaratsiyani sionistik federatsiyaga yetkazsangiz, men bundan juda xursand bo‘lardim.

Samimiy ehtirom bilan, Artur Jeyms Balfur”.

Yuqoridagi maktubdan bilish mumkinki, Rotshildlar oilasining iltimosini, hattto, Angliya qirolligi ham rad eta olmagan.

Deklaratsiyada yahudiy xalqi Isroil yerining tub aholisi ekanligi va ming yillar davomida bu yerda doimiy yashab kelgani e’tirof etilgan. 1922 yil 22 iyul kuni xalqaro tashkilot Millatlar Ligasi Falastinda Isroil davlatini yaratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qaror ijrosini ta’minlash Buyuk Britaniyaga berildi. Xullas, Rotshildlar oilasi yahudiylarning azaliy orzusi bo‘lgan mustaqil Isroil davlatini tuzishni har tomonlama naqd qildi.

Shundan so‘ng, Yevropadan Falastin tomon yahudiylarning ommaviy ko‘chish jarayoni boshlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1922-1925 yillarda Sharqiy Yevropadan Falastinga 40 mingga yaqin yahudiy oila ko‘chib kelgan. Yahudiylarning immigratsiyasi arablarda norozilik kayfiyatini vujudga keltirdi.

Yahudiylarni ommaviy ko‘chirish rejasi

Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga ko‘plab tarixiy sabablar mavjud. Lekin, ba’zi manbalarda “Jahon urushni Rotshildlar oilasi uyushtirgan”, degan taxminlar ham bor. Ularga urushning nima aloqasi bor, degan savol tug‘ilishi mumkin.

1930 yilga kelib, Falastinda Isroil davlatini tuzish uchun barcha sharoit muhayyo edi. Faqatgina, davlatga aholi kerak bo‘lgan. Butun Yevropadagi yahudiylarni ommaviy ko‘chirishning ilojisi yo‘q. Sababi, yahudiylar issiqqina uylarini tashlab, rivojlanmagan hududga borishlari qiyin edi. Rotshildlar oilasi Adolf Gitlerni moliyaviy tomondan qo‘llab, uni hukumat tepasiga olib kelishdi. Gitler esa jahon urushini boshlab, Yevropadagi yahudiylarni qira boshladi. Shunda, Yevropadagi barcha yahudiylar Gitlerdan qo‘rqib, Falastinga qochishdi. Albatta, bu bir taxmin,

AQSH Prezidentiga suiqasd

1963 yil 22 noyabr kuni AQSH Prezidenti Jon Kennedi Dallas shahrida otib o‘ldirildi. Bu suiqasd siri bugungi kungacha ochilmagan. “Asr jinoyati”, deb ataluchi bu sirli qotillik haqida bir nechta taxminlar bor. Ko‘plab tarixchi va siyosatchilar ushbu fikrni ilgari surishadi:

“Kennedi Prezident bo‘lgach, AQSH dollarini bosib chiqaruvchi federal zaxira tizimini davlatga bo‘ysundirmoqchi bo‘ladi. XVIII asrdan beri federal zaxira tizimi Rotshildlar oilasiga tegishli bo‘lgan. 1812 yilda bo‘lib o‘tgan AQSH-Angliya o‘rtasidagi urush vaqtida Rotshildlar Amerikani zimdan moliyaviy tomondan qo‘llagan. Buning evaziga oila dollarni bosib chiqarish va AQSH Markaziy bankini yuritishni o‘z tasarrufiga olgan edi. Shu-shu Amerika puli yahudiy oilaning nazoratida bo‘lib kelmoqda. Jon Kennedi yuritgan ichki siyosat yahudiy oilaga katta zarar keltirishi aniq edi. Prezident bu qarorida qat’iy turib oldi. Shundan so‘ng, u 1963 yil Dallas shahrida otib ketildi”.

Rotshildlarning boyligi qancha?

Hozirda yahudiy oilaning Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSH, Italiyada yirik banklari mavjud. Rotshildlar asosan neft va energiya sohasiga investitsiyalar kiritishadi. 

2012 yilda Rotshildlarga tegishli bo‘lgan “RIT Capital Partners” kompaniyasi Rokfellerlar oilasining 37 foiz aksiyasini sotib olganini e’lon qildi. Hozirda, Rotshildlarning moliyaviy ahvoli rasman 350 mlrd (boshqa manbalar bo‘yicha esa 2,5 trillion) dollarni tashkil etadi. Eng qizig‘i ushbu sulolaning hech bir vakili 1 mlrd dollardan ortiq kapitalga ega emas.

Taxminlarga ko‘ra, Rotshildlar dunyodagi 74,8 milliard yevrolik aktivlarni boshqaradi. “Reuters” jurnalining ma’lumotlariga ko‘ra, oila 2017 yil global reytingda 12-o‘rinni egallagan. Ular jahon bozorining olti foizidan ko‘prog‘iga egalik qiladi. 2017 yilda Rotshildlar oilasi nazoratidagi tuzilmalar ishtirokida 181 milliard dollarlik 363 ta bitim imzolangan.

XXI asrda Rotshildlar oilasi

Rotshildlar oilasining boyligi yillar davomida ko‘plab avlodlar va merosxo‘rlar o‘rtasida taqsimlangan. Bugungi kunda ularning zaxiralari moliyaviy xizmatlar, ko‘chmas mulk, tog‘-kon sanoati, energetika va hatto xayriya faoliyatini o‘z ichiga olgan turli sohalarni qamrab oladi. Hozirgacha Yevropada Rotshildlarga tegishli bo‘lgan bir nechta moliyaviy institutlar mavjud. Bular, Buyuk Britaniyadagi  “N M Rothschild & Sons Ltd” va Shveysariyadagi “Edmond de Rotshild” guruhi. Shuningdek, oila Shimoliy Amerika, Yevropa, Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyada o‘ndan ortiq vino zavodlarga ega.

Vaqt o‘tishi bilan, oila a’zolarining ba’zilari sulola asoschisi Mayer Rotshild joriy etgan qonun qoidalardan chetga chiqa boshladi. Masalan, Nataniel Charlz Rotshild nasroniy qizni sevib qolib, unga uylanadi. Keyinchalik o‘zi ham nasroniylik dinini qabul qildi.

Rotshildlar oilasining a’zolari bugun dunyoning turli mamlakatlarida hayot kechirishadi. Oilaning barcha vakillari bank yoki investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanmaydi. Taniqli oila a’zolarining ba’zilari Arktika muzini saqlash uchun arxivlarni, muzeylarni boshqaradilar, geologik tadqiqotlarda yoki ekspeditsiyalarda qatnashadilar.

2003 yildan beri sulolaning barcha investitsiya banklari baron Devid Rene de Rotshildga tegishli bo‘lgan Shveysariyadagi kompaniya tomonidan nazorat qilinadi. Italiyadagi Rotshildlar uyining asoschisi Karl Mayer Rotshild 1944 yilda vafot etgach, Italiyadagi oila moliya, fond bozori va investitsiyalar bilan shug‘ullanishni to‘xtatdi. Lekin, hanuzgacha ularning moliya bozoriga ta’siri sezilib turadi. 

An’anaga ko‘ra, Rotshildlar oilasi o‘zlariga yaqin korporatsiyalarga sarmoya kiritadi. XXI asrda oila korporatsiyalari katta muvaffaqiyat qozondi. 2016 yilda “Rothschild & Co” kompaniyasining yillik daromadi 1,589 million yevroni tashkil etdi. Oila a’zolarining aksariyati ushbu korporatsiyalarda ishlaydi yoki oilaviy boylik keltiradigan korxonalarga sarmoya kiritadi.

Rotshildlar noyob uddaburonligi va topqirligi tufayli katta boylikni qo‘lga kiritdi. Turli mamlakatlarga ta’sir o‘tkaza olgani uchun sulola vakillari hali-hanuz ekspert va kuzatuvchilarni lol qoldirib kelmoqda.

Sardor Ali Nurmatov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 2247
Reyting: 3
Teglar
t
×