Endi o‘zbek filmlari Oskarga da’vogar bo‘lishi mumkin

Jamiyat 2912
image

Amerika kinoakademiyasi O‘zbekiston Oskar qo‘mitasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endilikda eng yirik va eng muhim mukofoti hisoblangan Oskarga o‘zbek filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasini ro‘yxatdan o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bilidirilgan.

Shu yilning 1 oktyabr kuni O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi tomonidan 2020 yilning 9 fevral kuni Los-Anjeles shaxrining mashhur “Dolby” teatrida bo‘lib o‘tadigan 92-Oskar taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga O‘zbekiston nomidan film ilgari suriladi.

O‘zbekiston Oskar qo‘mitasining a’zolari tarkibi va filmlarni saralab olish nizomi bilan tanishtirish maqsadida milliy qo‘mitaning koordinatsion muassisi O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi yaqin kunlarda O‘zbekiston Oskar qo‘mitasi taqdimoti hamda matbuot anjumani o‘tkazishni rejalashtirgan.

Qayd etilishicha, dunyoning 90 ga yaqin mamlakatida ochilgani singari O‘zbekistonda ham Oskar qo‘mitasini tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga yosh kinoijodkorlarning Kann kinofestivali doirasidagi O‘zbekiston milliy pavilonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida erishilgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 24
Reyting: 2.8
Teglar
t
×