Fuqarolar nega Andijon viloyati hokimligi binosi oldiga to‘plandi?

Jamiyat 36066
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hokimligi binosi oldida ko‘plab fuqarolar ishtirokida yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan videolavha tarqalgan edi.

Ushbu holat bo‘yicha viloyat hokimligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada fuqarolar o‘zlarining shaxsiy murojaatlari bilan viloyat hokimligi binosi oldiga norasmiy manbalarga ishongan holda, viloyat hokimi qabuli o‘tkazilayotganini aytib, ushbu qabulda ishtirok etish maqsadida kelganliklari aniqlangan. 

Ushbu fuqarolar yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilmaganligi uchun tartibsizlik yuzaga kelgan. 

Shu kunning o‘zida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A. Egamberdiyev boshchiligida barcha o‘rinbosarlar tomonidan fuqarolar qabuli tashkil etilgan. Shuningdek, ushbu fuqarolarga viloyat hokimining qabuli tasdiqlangan jadvalga asosan har oyning oxirgi shanba kunida o‘tkazilishi tushuntirilgan.  

Ta’kidlanishicha, murojaatchilarning arzlari ro‘yxatga olinib, ijrosini ta’minlash maqsadida tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga yuborilib, nazoratga olingan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1611
Reyting: 3
Teglar
t
×