“G‘ijimlangan qog‘oz” – Usik “tresh-tok”chilarga javob qaytardi

Sport 2484
image

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida WBA, IBF, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik (19-0) psixologik tayyorgarlikning ahamiyati haqida gapirdi.

“Psixologik jihatdan tayyor bo‘lish juda muhim. Dunyodagi tendensiyaga qarang. “Tresh-tok”chilar bir-birlarini xaqorat qiladi. Bu xuddiki, oq qog‘ozni g‘ijimlashga o‘xshaydi. Vaziyat to‘g‘rilangani bilan avvalgidek bo‘lmaydi. Ular uzr so‘rashadi, lekin baribir g‘ijimlanganicha qolaveradi. Aniqrog‘i, jangdan avvalgi gap-so‘zlar, shunchaki safsata, hayp xolos. Texnika, chiroyli xulq-atvorni, harakatni, boksni, kurashni ko‘rsatish kerak”, deydi Usik.

Shuningdek, “mushuk” Tayson Fyurining mutlaq Jahon chempionlik jangi uchun munosabatini tanqid qildi:

“Masalan, Tayson Fyurini olaylik. Bularning barchasini u raqibini chalg‘itish uchun ataylab gapiradi. Shunda u jang haqida emas, uning tayyorgarligi haqida emas, balki uni qanday nomlashayotgani haqida o‘ylaydi. Og‘ziga erk berish bu axloqsizlik. Hayot shunday yaratilganki, ertami-kechmi siz “uzun til” uchun javobgar bo‘lasiz”.

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik Usikning promouteri Aleksandr Krasyukning so‘zlariga ko‘ra, agar “mushuk” Joshua ustidan revansh jangida g‘alaba qozonsa, WVC chempioni Tayson Fyuriga qarshi ringga ko‘tariladi. Bellashuvga Kiyev shahri mezbonlik qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Aleksandr Usik (19-0) joriy yilning 25 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshuaga (24-2) qarshi jang o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan va WBA, IBF, WBO hamda IBO  chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritgan edi.

Humoyun Oripov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 26
Reyting: 3.1
t
×