ISHID – AQSHning loyihasi – Eron Prezidenti

Olam 9743
image

ISHID terrorchilik tashkiloti Vashingtonning yana bir loyihasi bo‘lib, u AQSH tomonidan yaratilgan. Bu haqda Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy Tehronda Suriya Tashqi ishlar vaziri Faysal Mikdod bilan uchrashuvda so‘z ochgan. 

Prezident Raisiy Mikdod bilan uchrashuvda Vashingtonning mintaqadagi harakatlarini tanqid qilgan. 

“Mintaqa aholisi AQSH va ISHIDning mavjudligi sababli jiddiy xavfsizlik tahdidlariga duch kelmoqda. Mamlakatlar xalqi juda ko‘p azob chekmoqda”, degan Prezident. 

Mikdod Eron Prezidentini Damashqqa tashrif buyurishga taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Eron o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlar 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘doddagi xalqaro aeroportda Eron Islom Respublikasining (EIR) Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK) tarkibiga kiruvchi “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy AQSH havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganidan keyin yanada keskinlashdi. 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 526
Reyting: 2.9
Teglar
t
×