Qashqadaryoda homilador ayol o‘zini zo‘rlamoqchi bo‘lgan erkakni o‘ldirdi

3-sahifa 43265
image
-

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida homilador qo‘shnisini zo‘rlamoqchi bo‘lgan fuqaro ayol tomonidan pichoqlanib o‘ldirildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Joriy yilning 25 iyun kuni Chiroqchi tumani, “Langar” MFY, “To‘laqul” qishlog‘ida yashagan marhum J.A. qo‘shnisi – homilador N.J.ga nisbatan kuch ishlatib, uni jinsiy aloqa qilishga undagan.

Biroq, yuzaga kelgan holatda o‘z nomusini himoya qilgan ayol yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan J.A.ga bir marotaba zarba berib, yetkazilgan tan jarohati natijasida J.A. vafot etgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Chiroqchi tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov davomida marhum J.A.ning o‘limi yuzasidan Chiroqchi tumani prokurori tomonidan “Langar” qishlog‘ida aholi va jabrlanuvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilgan. Marhumning yaqinlari tuman prokuraturasida bir necha marotaba qabul qilinib, ularning jinoyatga N.J.ning akasi va otasining ham aloqasi borligi haqidagi taxminlari dastlabki tergovda tekshirilganda, o‘z tasdig‘ini topmagan.

Tergov yakuniga ko‘ra, N.J.ga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan ayblov e’lon qilinib, joriy yilning 7 sentyabr kuni jinoyat ishi sud muhokamasiga yuborilgan.

Jinoyat ishi hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudida ko‘rilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 2541
Reyting: 2.9
Teglar
t
×