Qashqadaryoda yana bir bola noma’lum kasallikdan vafot etdi

Jamiyat 35207
image

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida noma’lum kasallikdan vafot etgan 4 yashar bolaning 6 yashar (qiz) qarindoshi ham kecha, 23 iyun kuni vafot etgani aytilmoqda. 

Bundan oldin 6 yoshli qiz ham og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani ma’lum bo‘lgandi. Shifokorlar qizchaga ham, uning amakivachchasi bo‘lgan 4 yashar bolaga ham tashxis qo‘yolmagan.

Ma’lumot uchun, bolalarga tashxis qo‘yish uchun Samarqanddan chaqirilgan shifokorlar ham kasallikni aniqlay olmagan.

Sog‘liqni saqlash vazirligining 4 yoshli bolaning vafot etgani bo‘yicha bildirgan munosabatida holatni o‘rganish va vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida malakali professor-shifokorlardan iborat  maxsus tibbiy brigada tuzilib, zudlik bilan G‘uzor tumaniga yuborilgani ma’lum qilingandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 2149
Reyting: 3
Teglar
t
×