Qozog‘istonning qator hududlarida favqulodda holat tartibi bekor qilindi 

Olam 2635
image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ertaga, 15 yanvar kunidan boshlab Respublikaning Oqmo‘la va Qo‘stanay viloyatlarida favqulodda holat tartibini bekor qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi. 

“2022 yil 15 yanvar soat 07:00 dan boshlab Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 5 yanvardagi 737-sonli “Oqmo‘la viloyati chegaralarida favqulodda holat tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori bekor qilinsin”, deyiladi xabarda. 

Xuddi shunday farmon Qo‘stanay viloyatiga nisbatan ham imzolangan. 

To‘qayev, shuningdek, Chimkent shahri, Sharqiy Qozog‘iston, Qarag‘anda va Turkiston viloyatlarida 14 yanvar kuni soat 18:00dan (Toshkent vaqti bilan 17:00) favqulodda holat rejimini bekor qilishga qaror qilgan edi. 13 yanvar kuni esa Prezident Shimoliy Qozog‘iston, Pavlodar va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida favqulodda holat tartibini bekor qildi. Shunday qilib, hozirda mamlakatning 17 ta hududidan 8 tasida favqulodda holat joriy etilgan. 5 yanvardan boshlab Respublika hududlarida favqulodda holat joriy etilgandi. 

Joriy yilning 2 yanvar kuni Qozog‘istonning qator shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, ular bir necha kundan so‘ng tartibsizliklar va pogromlarga aylanib ketdi. Ular bilan birga mamlakatning ko‘plab shaharlarida, birinchi navbatda, Olma-otada politsiya, harbiy va hokimiyat organlariga hujumlar uyushtirildi. Minglab odamlar jarohat oldi, o‘lganlarning aniq soni noma’lum. Qozog‘iston Prezidentining murojaatidan so‘ng KXSHT davlatlari Respublikaga tinchlikparvar kuchlarini jo‘natdi. Rasmiylarga ko‘ra, barcha hududlarda konstitutsiyaviy tuzum tiklangan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 33
Reyting: 3.1
t
×