“Qo‘lida qontalash joylar bor edi”. Shveysariyalik advokat 2 yil deganda Karimova bilan uchrashdi

Jamiyat 64958
image
-

Joriy yilning 7 va 8 sentyabr kunlari shveysariyalik advokat Fanni Margayraz ayni vaqtda qamoqxonada sud tomonidan o‘ziga tayinlangan jazoni o‘tayotgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan ko‘rishdi. Bu haqda “Le Temps” nashri xabar berdi. 

Margayrazga ko‘ra, u Karimovani 2019 yilning iyunidan buyon birinchi marta ko‘rgan. Advokat Karimovaning qo‘llaridagi qontalash izlarga guvoh bo‘lgan.

“Bu safar biz uni faqat o‘zbek advokati va tarjimoni ishtirokida ko‘rishimiz mumkin bo‘ldi. Uning qo‘lida bir nechta qontalash joylar bor edi”, degan advokat. 

Avvalroq, Gulnora Karimovaga nisbatan sud ishlari boshlanganidan 9 yil o‘tgan bo‘lsa ham, Shveysariya sudlari bu ishlar bilan shug‘ullanishda davom etayotgani haqida xabar bergandik. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova qamoqxonadagi onasi bilan uchrasha olmayotgani haqida iddao qilgandi. Imon Karimovaga ko‘ra, u onasi bilan uchrashish uchun 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga rasman murojaat qilgan. JIEK rahbari Gulruh Rasulova Imonga qo‘ng‘iroq qilib, u onasi bilan uchrasha olmasligini aytgan. 

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 4250
Reyting: 3
t
×