Xorijliklarga daromad solig‘i stavkasi pasaytiriladi

Jamiyat 3117
image

Avvalroq O‘zbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Farmon bilan Moliya vazirligining 2022 yil 1 maydan boshlab norezident jismoniy shaxsning O‘zbekistondagi manbalardan oladigan daromadlari (dividendlar, foizlar va fraxtdan olinadigan daromadlardan tashqari) bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 12 foiz miqdorida (ilgari 20 foizgacha) belgilash haqidagi taklifi ma’qullandi.

Moliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Soliq kodeksiga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2022 yil yakuniga qadar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston rezidentlari yoki norezidentlari bo‘lgan mijozlar uchun ularning shaxsiy ishtirokisiz qimmatli qog‘ozlar uchun depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 22
Reyting: 3.1
Teglar
t
×