Koronavirusning o‘lim xavfini 6 karra oshiruvchi omil aytildi

Salomatlik 22322
image

Buyuk Britaniyaning Liverpul universiteti olimlari koronavirusdan o‘lim darajasini olti karra oshiradigan omilni aniqladi. Gap mavsumiy gripp va COVID-19 bilan ketma-ketlikda kasallanish haqida boryapti. Bu haqda tadqiqot mualliflari xabar berdi.

Olimlar sichqonlarda tadqiqot o‘tkazgan. Ulardan bir guruhiga koronavirus yuqtirilgan, boshqalariga ketma-ketlikda gripp va koronavirus infeksiyasi yuborilgan. Tadqiqot yakuniga ko‘ra, ikkinchi guruhdagi kemiruvchilarda kasallik og‘ir kechgan.

“Bu odamlarda COVID-19 ning og‘ir formasi uchrashining asosli sababi”, deydi olimlardan biri Jeyms Styuart.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, organizmda bir nechta patogenlarning sirkulatsiya bo‘lishi ularning raqobatini keltirib chiqaradi, o‘z navbatida organizmga salbiy ta’sirini kuchaytiradi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1335
Reyting: 3
t
×