Mirziyoyev raqobatchisining migrantlarni soliqqa tortish taklifiga munosabat bildirdi

Jamiyat 32292
image

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Alisher Qodirovning xorijda ishlayotgan o‘zbekistonliklarni soliqqa tortish taklifiga munosabat bildirdi.

“Viloyatdan chet elga ketib, mehnat qilayotgan fuqarolarimiz imkon qidirib ketishgan. Imkon qidirgan odam fidoyi odam bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda chetda yuradiganlarni daromad solig‘ini tortish haqida gap chiqdi. Bu mutlaqo asossiz gaplar. Men, Xudo nasib qilib, rahbar bo‘lib ishlasam, bunday bo‘lmaydi. Ular o‘ziga va oilasiga imkon yaratyapti, o‘zini ish bilan ta’minlayapti, oilasini boqyapti. Ularni men o‘z farzandlarim deb bilaman. O‘tgan vaqtda biz ham ularni qo‘llab-quvvatlash uchun choralar ko‘ryapmiz”, deydi nomzod Mirziyoyev.

Uning ta’kidlashicha, Vazirlar Mahkamasi huzurida alohida departament ochildi. Ularning hayoti va sharoitini yaxshilash, kasbga o‘rgatish uchun harakatlar qilinyapti.

“Aholimizga murojaat qilib aytmoqchiman: ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin, O‘zbekistonda sizga imkon yaratish uchun harakat qilamiz, (xorijda) to‘layotgan coliqlaringizni kamaytirishga harakat qilamiz. Migratsiya masalasi bo‘yicha Rossiya hukumatiga ko‘p murojaat qilyapmiz.

Davlat, millat, prezident ularga otalik qilishi vazifamizdir. Ularning og‘irini yengil qilishga harakat qilamiz. O‘ylaymanki, bu adolat namunasi bo‘ladi”, deydi amaldagi Prezident.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1689
Reyting: 3
t
×