Noma’lum shaxs “Mona Liza” asariga hujum qildi (video) 

Madaniyat-san’at 19189
image
-

Parijdagi Luvr muzeyiga tashrif buyurgan shaxs Leonardo da Vinchining “Mona Liza” nomi bilan mashhur “Jokonda” asariga tort uloqtirdi. Bu haqda “G1” nashri xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxs olomon orasida bo‘lgan va mashhur kartinaga tort uloqtirgan. Shundan so‘ng madaniyat muassasasi qo‘riqlash xizmati tort uloqtirgan shaxsni haydab yuborgan va muzey xodimlari binoni tozalashga kirishgan. 

Dunyoga mashhur asarni bulg‘agan vandalning kimligi va buning sabablari noma’lum. Shu bilan birga, rasmning o‘ziga zarar yetmagan, chunki u kristall plastinka bilan himoyalangan. 

Ma’lumot o‘rnida, “Mona Liza”ga qilingan bu hujum birinchisi emas. 2009 yilda sayyoh rasmga piyola uloqtirib, uni himoya qiluvchi oynaga zarar yetkazgan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 638
Reyting: 3
t
×