Odam o‘limiga sababchi bo‘lgan aktyor 8 yilga qamaldi

Madaniyat-san’at 16619
image

Joriy yilning iyun oyida Moskva markazida odam o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasini sodir etgan aktyor Mixail Yefremov sud qarori bilan 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Hukm Moskvaning Presnenskiy tumani sudi sudyasi Yelena Abramova tomonidan qabul qilingan 

Yefremov Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 264-moddasi 4-qismining "a" bandi ("Avtomobilni boshqarayotgan shaxs tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish, mast holatda YTH sodir etish, ehtiyotsizlik oqibatida odam o‘lishiga olib kelishi") bilan aybdor deb topildi. 

Ushbu modda bo‘yicha ayblanuvchi eng kam  5 yil, ko‘pi bilan 12 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Moskvaning Presnenskiy sudi, Yefremovga nisbatan hukmni e’lon qilib, u avtomobilni mast holatda boshqarganiga ishora berdi. 

Prokuror Yefremovni 11 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Shu bilan birga, Yefremovning advokati Elman Pashayev, mijozi olti yildan sakkiz yilgacha umumiy rejimdagi koloniyada jazoni o‘tashi mumkinligini aytdi. Oxirgi sud majlisida Yefremov odam o‘limiga olib kelgan YTHni sodir etganini tan oldi.  

Ma’lumot uchun, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YTH joriy yilning 8 iyun kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Yefremov o‘z avtomobilini mast holatda haydab ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib,  furgon bilan to‘qnashib ketgan. Furgon haydovchisi halok bo‘lgan. 

Tergov va sud jarayonida Yefremov uy qamog‘ida bo‘lgan.

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 426
Reyting: 3
t
×