“Oskar”ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi

Madaniyat-san’at 6355
image

Amerika kinoakademiyasi “Oskar” mukofoti uchun nomzodlarni e’lon qildi.

2020 yilning eng yaxshi filmi mukofoti uchun da’vogarlar: “Ford Ferrariga qarshi”, “Irlandiyalik”, “Quyoncha Jojo”, “Joker”, “Kichik ayollar”, “Nikoh hikoyasi”, “1917”, “Bir bor Gollivudda” va “Parazitlar”.

Eng yaxshi rejissyor uchun “Oskar” mukofotini: Marin Skorseze (“Irlandiyalik”), Todd Fillips (“Joker”), Sem Mendes (“1917”), Kventin Tarantino (“Bir bor Gollivudda”), va Pon Chjun Xo (“Parazitlar”) qo‘lga kiritishi mumkin.

Eng yaxshi aktyor uchun “Oskar” mukofotiga quyidagilar da’vogarlik qilyapti: Antonio Banderas (“Og‘riq va sharaf”), Leonardo Di Kaprio (“Bir bor Gollivudda”), Xoakin Feniks (“Joker”), Adam Drayver (“Nikoh hikoyasi”), Jonatan Prays (“Ikki ota”).

2020 yilning eng yaxshi aktrisasi mukofotiga nomzodlar: Sintia Erivo (“Garriyet”), Skarlett Yoxansson (“Nikoh hikoyasi”), Sirsha Ronan (“Kichik ayollar”), Sharliz Teron (“Mojaro”) va Rene Zellveger (“Judi”).

Nomzodlarning to‘liq ro‘yxati bilan kinoakademiya rasmiy saytida tanishishingiz mumkin. “Oskar” mukofoti topshirishning tantanali marosimi 2020 yilning 9 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 122
Reyting: 2.9
Teglar
t
×