“Oskar” mukofotini topshirish marosimi noodatiy o‘tkazilishi mumkin

Madaniyat-san’at 3236
image

2021 yilgi "Oskar" mukofotini topshirish marosimi bir vaqtning o‘zida bir nechta joylarda o‘tkazilishi mumkin. 

Tashkilotchilarga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli marosim bir vaqtning o‘zida bir nechta joylarda jonli efirda namoyish etilishi mumkin. 

Los-Anjelesdagi (Kaliforniya shtati) Dolby teatri marosim o‘tkaziladigan joylar ro‘yxatidan aniq o‘rin egallaydi. 

Bu yilgi marosim 15 aprelga rejalashtirilgan. 

"Oskar" mukofoti birinchi marta 1929 yilda Los-Anjelesdagi Hollywood Roosevelt mehmonxonasida topshirilgan. 

Unda barcha g‘oliblar taqdirlash marosimidan ancha oldin e’lon qilingan va butun marosim 15 daqiqagina davom etgan. 

"Oskar"ning ilk sohibi nemis aktyori Emil Yannings bo‘lgan. "Eng yaxshi film" sovrinini Uilyam Uellmanning "Qanotlar" dramasi qo‘lga kiritgan. 

G‘oliblarning nomlari yozilgan konvertlarni ochish an’anasi 1941 yilga borib paydo bo‘lgan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 60
Reyting: 3.1
Teglar
t
×