Putin amerikalik jurnalist ayolga xushomad qildi

Olam 38874
image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin energetika haftaligida moderatorlik qilayotgan AQSHning CNBC telekanali xodimini chiroyli ayol deb atadi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda

Qayd etilishicha, Putin jurnalist ayolga xushomad qilib, uning chiroyini maqtagan bo‘lsa-da, lekin jurnalist yanglishayotgani sababli u bilan gaz haqidagi suhbat o‘xshamayotganini ta’kidlagan. 

Jurnalist Rossiya gaz quvurlari orqali energiya bermay turib, qanday qilib Yevropa Ittifoqining ishonchiga kirmoqchiligi haqida so‘ragan.

“Chiroyli ayol, kelishgan ... Lekin men bog‘dan kelsam, u tog‘dan kelyapti. Go‘yo u mening gaplarimni eshitmagandek”, deydi Prezident.

Putinning ta’kidlashicha, jurnalistning Yevropaga yoqilg‘i yetkazib berilmayotgani haqidagi so‘zlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, chunki Gazprom qazish ishlarini 10 foizga, umuman mamlakat esa 15 foizga oshirgan.

So‘nggi haftalarda jahonda energiya narxining rekord darajada oshishi kuzatildi. Mutaxassislar fyucherslar narxining keskin ko‘tarilishini Yevropada gazni yer osti omborlari bilan to‘ldirishning pastligi, shuningdek, Osiyoda siqilgan tabiiy gazga bo‘lgan talabning yuqoriligi bilan izohlamoqda. Vladimir Putin Rossiya yoqilg‘i bilan vaziyatni barqarorlashtirishga yordam berishga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1971
Reyting: 3
t
×