Ronaldu 3 ta superklubdan biriga o‘tishi mumkin

Sport 41225
image
-

Xabaringiz bor, avvalroq “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu shu yozda jamoasini tark etishi haqida xabar berilgandi. Ronalduning o‘zi bu xabarlarni tasdiqladi va jamoasini o‘zgartirishini aytdi. Bu haqida ESPN nashri xabar berdi.

Italiya OAVning xabar berishicha, Ronalduga Yevropaning 3 grand klubi  — “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” hamda PSJ qiziqish bildirgan. Ayni damda turinliklar so‘rayotgan pulni ulardan boshqa klublar berishga qodir emas. Shu sababli portugaliyalik futbolchi shu 3 klubdan biriga yo‘l olishi aytilgan. Ronalduning o‘zi Yevro-2020 yakuniga yetgach qarorini aytishini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Turin klubida 2 mavsum o‘yin o‘tkazdi va ketma-ket ikki yil jamoasining to‘purari hamda Italiyada “Yilning eng yaxshi o‘yinchisi” deb topildi.

Abdulla Mannonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 2866
Reyting: 3
t
×