“Salimboyvachcha” “Nobel” bilan mukofotlandi 

Jamiyat 97359
image

O‘zbekistonlik tadbirkor, xalq orasida “Salimboyvachcha”, deb tanilgan Salim Abduvaliyev Lyudvig Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda u o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022 yildagi Lyudvig Nobel mukofotini tantanali topshirish marosimi Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Lyudvig Nobel mukofoti taniqli rus olimi, sanoatchi va filantrop Lyudvig Emmanuilovich Nobel sharafiga 130 yil oldin ta’sis etilgan. 

Ushbu mukofot zamonaning taniqli shaxslariga ajoyib professional yutuqlari va insoniyat oldidagi buyuk xizmatlari uchun beriladi.

Aytish joizki, Salim Abduvaliyev bugungi kunda O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi prezidenti vazifasida faoliyat yuritadi. Shu bois, o‘tgan yili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Salimboyvachcha”ni “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” unvoni bilan taqdirlagandi.



Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 4549
Reyting: 3.1
t
×