Shuhrat Abbosovning o‘g‘li Nozim Abbosov vafot etdi

Madaniyat-san’at 15055
image

Taniqli kinorejissyor Nozim Abbosov bugun, 21 mart kuni 58 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi xabar bermoqda. 

Ma’lumot uchun, Nozim Abbosov 1962 yilda rejissyor Shuhrat Abbosov xonadonida tavallud topgan. Faoliyatini postanovkachi rassom sifatida 1984 yildan boshlagan. Rejissyor sifatida “Oydinoy”, “Abadiyat charxi” kabi filmlarni suratga olgan.

QALAMPIR.UZ tahririyati a’zolari nomidan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi San’at arbobi, buyuk rejissyor Shuhrat Abbosov 2018 yilning 25 aprel kuni 87 yoshida olamdan o‘tgan edi. 

Qalampir.uz Tahririyati
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 491
Reyting: 3
t
×