Sirdaryoda xotinini bolasi ko‘z o‘ngida o‘ldirgan er 17 yilga qamaldi

3-sahifa 5927
image
-

Sirdaryoda 3 yashar farzandi oldida xotinini 14 marta pichoqlab o‘ldirgan mast er 17 yilga qamaldi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea Sirdaryo tumanida sodir bo‘lgan. 

Gap shundaki, er X.A. va X.S. 11 yil davomida yaxshi yashab kelgan, biroq so‘nggi paytlarda o‘rtalarida tez-tez  kelishmovchiliklar ro‘y bergan. Kelishmovchiliklarga ayolning bo‘yniga ro‘zg‘or yukining tushgani sabab bo‘lgan. Oila erkagi ham ishlagan, ammo xotiniga nisbatan kamroq pul topgan. Shu sababli er-xotin oxirgi vaqtlarda alohida yashab kelgan. 

Mast er X.A. X.S.ni qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan oshxona pichog‘ini olib kelib, xotini vaqtincha yashayotgan uy devoridan oshib tushgan. Shundan so‘ng, uxlab yotgan xotinini uyg‘otib, chiqish eshigi oldiga olib chiqqan. Ularning shovqinidan uyg‘onib ketgan 3 yashar qizi oldida X.A. X.S.ni 14 marta pichoq bilan urib tan jarohati yetkazgan va voqea joyidan qochib ketgan. 

Olgan tan jarohatlari oqibatida X.S. voqea joyida vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan X.A.ga sud hukmi o‘qildi. Sudlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97 modda 2-qismi “j” bandi bilan aybdor deb topilgan. Unga nisbatan 17 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 342
Reyting: 2.9
t
×