So‘nggi 10 yillikning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Sport 5203
image

Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi murabbiyini aniqladi.

Reytingda birinchi o‘rinni “Atletiko” bosh murabbiyi Diyego Simeone egallagan. Ikkinchi o‘rinda “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola turibdi. Kuchli uchlikni “Liverpul”ning germaniyalik mutaxassisi Yurgen Klopp yakunlagan. Kuchli beshlikka “Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino va “Yuventus”ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri kiritilgan.

IFFHS talqiniga ko‘ra, o‘n yillikning TOP-10 murabbiyi:

1.  Diyego Simeone.
2.  Xosep Gvardiola.
3.  Yurgen Klopp.
4.  Joze Mourino.
5.  Massimiliano Allegri.
6.  Unai Emeri.
7.  Zinedin Zidan.
8.  Karlo Anchelotti.
9.  Maurisio Pochettino.
10.  Marselo Gallardo.

Avvalroq, Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) tomonidan oxirgi o‘n yillikdagi eng yaxshi pleymeyker deb topilgani haqida xabar bergan edik.

Farruxjon Murodqulov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 82
Reyting: 3
Teglar
t
×