Ta’lim muassasalarida o‘qishlar yana onlayn bo‘ladimi? Vazirliklar javob berdi 

Jamiyat 49351
image

Ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalari va maktablarda joriy yilning 24 yanvaridan keyin onlayn ta’lim joriy etilishi haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish uchun QALAMPIR.UZ Oliy va o‘rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari Matbuot xizmati vakillari bilan bog‘landi.

Ularning ta’kidlashicha, tarqalgan xabarlar mutlaqo asossiz. Oliy ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarida uzaytirilgan qishki ta’tildan so‘ng, o‘qish onlayn ta’limga o‘tkazilmaydi. Chunki Maxsus komissiyaning qarorida joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, ta’lim muassasalarida o‘qishlar onlayn bo‘lishi haqida hech nima deyilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati joriy yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilgandi. 

Shuningdek, talaba-o‘quvchilarga o‘z uylaridan ta’lim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2022 yilning 24 yanvariga qadar uzaytirilgan.

Bundan tashqari, 2022 yilning 11 yanvarigacha bo‘lgan muddatga xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3722
Reyting: 3
t
×