Ta’lim vaziri 110 ming dollar pora bilan ushlandi (video)

Olam 63712
image
-

Qirg‘iziston Ta’lim vaziri Almazbek Beyshenaliyev 110 ming dollar miqdorida pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda qirg‘iz OAVlari xabar bermoqda.

Qirg‘iziston IIV tomonidan e’lon qilingan videoda ikkinchi tomon amaldorga konvert bergani, Beyshenaliyev esa hamma joyda kuzatuv kameralari borligini aytib, norozilik bildirganini ko‘rish mumkin.

Boshqa kadrlarda Almazbek Beyshenaliyevning mashinaga o‘tirgani va keyin militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingani ko‘rsatilgan.

Ta’lim vaziri xorijlik talabalarni mahalliy oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritish uchun pora undirilgani aytilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1654
Reyting: 3.1
t
×