Tomoshabinlarsiz, vokzalda... “Oskar” g‘oliblari aniqlandi 

Madaniyat-san’at 6754
image

AQSHning Los-Anjeles shahrida Oskar mukofotining 93-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Koronavirus pandemiyasi tufayli mukofotni topshirish formati o‘zgartirildi. Birinchi marta mukofotlar bir vaqtning o‘zida ikkita joyda: Dolby Theatre kinoakademiyasining uy kinoteatri sahnasida va Los-Anjelesdagi Union Station vokzali zalida bo‘lib o‘tdi. 

Shuningdek, koronavirus pandemiyasi taqdirlash marosimi tomoshabinlarsiz o‘tishiga ham sabab bo‘ldi.

G‘oliblar ro‘yxati esa quyidagicha: 

Eng yaxshi film – "Ko‘chmanchilar yeri"; 

Eng yaxshi rejissyor – Xloya Chjao ("Ko‘chmanchilar yeri"); 

Eng yaxshi aktrisa – Frensis MakDormand ("Ko‘chmanchilar yeri"); 

Eng yaxshi aktyor – Entoni Xopkins ("Ota"); 

Eng yaxshi xorijiy film – "Yana bittadan" (Daniya, Niderlandiya va Shvetsiya); 

Eng yaxshi animatsion film – "Qalb"; 

Eng yaxshi ssenariy – Emirald Fennel ("Umidi so‘nmagan qiz"); 

Ikkinchi darajali eng yaxshi ssenariy – Florian Zeller ("Ota"); 

Eng yaxshi operator – Erik Messershmidt ("Mank"); 

Eng yaxshi saundtrek – "Qalb"; 

Eng yaxshi qo‘shiq – "Fight For You"; 

Eng yaxshi vizual effekt – "Dalil".

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 110
Reyting: 3.1
Teglar
t
×