Toshkentda aeroportga olib boradigan ko‘prikning bir tomoni yopildi

Jamiyat 3506
image

Toshkentning Yakkasaroy tumani Kichik halqa avtomobil yo‘li va Bobur ko‘chalari kesishmasida joylashgan avtomobil yo‘lidagi ko‘prik qisman yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Yakkasaroy tumanining Kichik halqa avtomobil yo‘li va Bobur ko‘chalari kesishmasida joylashgan avtomobil yo‘l o‘tkazgichining aeroport yo‘nalishidagi tomonining bitta yo‘lagini ta’mirlash ishlari boshlandi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yo‘lsozlik tadbiri 15 kun davom etadi. Shu sabab mazkur yo‘l o‘tkazgichning aeroport yo‘nalishi tomoniga harakat mavjud uchta yo‘lakning ikkitasida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Yashnobod tumani O‘sh ko‘chasi bo‘ylab Qorasuv daryosi ustidan o‘tuvchi ko‘prik rekonstruksiya qilish ishlari boshlanganligi munosabati bilan 2022 yilning fevral oyigacha yopilgan.

Yulduz Abdurashidova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 89
Reyting: 3
t
×