Toshkentda vagonlarda katta miqdorda harbiy texnika olib o‘tildi. Nima bo‘lyapti?

Jamiyat 94146
image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroporti yonidagi temir yo‘ldan vagonlarda harbiy texnikalar olib o‘tilgani aks etgan video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Mudofaa vazirligining asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq har yili ta’mirlash zavodlari negizida kapital va o‘rta ta’mirdan chiqarilgan harbiy texnikalarni qo‘shinlarda rejaviy almashtirish ishlari amalga oshirib boriladi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aynan shu jarayonlar, ya’ni ta’minot va shaxsiy tarkibni tashish uchun mo‘ljallangan texnikalarning qo‘shinlariga yuborilishi aks etgan”, deyiladi munosabatda.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 6560
Reyting: 3
t
×