Tramp Asad bo‘yicha mudhish reja tuzganini tan oldi

Olam 6061
image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Suriya rahbari Bashar Asadni yo‘q qilishni istaganini tan oldi. Ammo Mudofaa vaziri Jeyms Mettis bunga qarshi bo‘lgan. Tramp bu haqda “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men uni (Asadni) yo‘q qilardim. Hammasini tayyorladim, ammo Mettis buni qilishni xohlamadi”, degan Tramp. Prezident 2017-2019 yillarda AQSH Mudofaa vaziri lavozimini egallab turgan Mettisni o‘z ishini yaxshi uddalay olmagan general deb tavsiflagan.

Asad o‘ldirilmaganiga achinishi haqida so‘ralganda Tramp “yo‘q”, deb javob berdi.

“Men uni yaxshi odam deb hisoblamayman. Buni amalga oshirish (o‘ldirish) imkoni bor edi. Biroq Mettis qarshi bo‘ldi, Mettis bundan choraga rozi bo‘lmadi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

“Bloomberg”ning eslatishicha, 2018 yilda jurnalist Bob Vudvord o‘zining kitobida Tramp Mettisga Asadni yo‘q qilish rejasini tuzib chiqishini buyurgani haqida yozgandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 270
Reyting: 2.9
t
×