“UzAutoMotors” mashinalari ortilgan avtovozning YTHga uchrashi tafsilotlari ochiqlandi

3-sahifa 33476
image

Avvalroq, “UzAutoMotors” AJ ishlab chiqargan avtomobillar ortilgan avtovoz ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani haqida xabar qilgandik.

Mazkur YTH joriy yilning 24 oktyabr kuni UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillar ortilgan MAN avtovozi ikki haydovchi boshqaruvida Urganch shahridagi dilerlik markaziga olib ketilayotganda yuz bergan. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga “O‘zavtosanovat” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Buxoro viloyatining Gazli shahri yaqinidagi yo‘lda avtovozning pritsepiga KAMAZ yuk mashinasi kelib urilgan. Tergov vaqtida aniqlanishicha, KAMAZ haydovchisi uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikkala transport vositalari va yangi yengil avtomobillarga jiddiy zarar yetgan.

YTH oqibatidan hech kim jabr ko‘rmagan.

Ayni paytda Romitan tumani IIB mutaxassislar ishtirokida hodisa bo‘yicha dastlabki surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Ma’lum qilishicha, zarar miqdori aniqlangach, avtomobillar zavodga qaytarilib, utilizatsiya qilinadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1875
Reyting: 2.9
Teglar
t
×