O‘zbekistonda OTMlar soni 130 taga yetdi

Jamiyat 3368
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Natijada mamlakatdagi oliy ta’lim muassasalari soni 130 taga yetdi.

Qarorga muvofiq, filial:

•    universitetning alohida tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi;

•    ta’lim faoliyatini 2021/2022 o‘quv yilidan boshlaydi;

•    kadrlar tayyorlashni kunduzgi, keyinchalik sirtqi va boshqa ta’lim shaklida olib boradi;

•    bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunasidagi diplomini beradi;

•    ta’lim jarayonini rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda olib boradi.

Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.  Bunda, davlat granti asosida ta’lim olgan filial bitiruvchilari uch yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan O‘zbekiston Respublikasining davlat organlari va tashkilotlariga taqsimlanadi;

Filial Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahar Mirobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 16-uy manzilida joylashgan bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi bilan joylashtiriladi.

Filialda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassislari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

•    Filologiya (sharq tillari bo‘yicha);

•    Mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti (sharq mamlakatlari bo‘yicha);

•    Biotibbiyot (kimyo, fizika, psixologiya va boshqalar).

Bugungi kunda respublikada 130 ta OTM faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:

•    davlat oliy ta’lim muassasalari – 96 ta;
•    nodavlat oliy ta’lim muassasalari – 9 ta; 
•    xorijiy OTMlar va ularning filiallari – 25 ta.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 78
Reyting: 3.1
Teglar
OTM
t
×