O‘zbekistonda yangicha 50 000 va 100 000 so‘mlik banknotlar chiqariladi

Jamiyat 33962
image
-

O‘zbekistonda yangi namunadagi 50 000 va 100 000 so‘mlik banknotlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Markaziy bankdagi manba ma’lum qildi.

Hozircha yangi banknotlar qanday ko‘rinishda bo‘lishi noma’lum.

Markaziy bank yangi banknotlar chiqarilishi va ularning dizayni aniq bo‘lgach, ma’lumot berishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval 5 000  va 10 000 so‘mlik banknotlar yangilanib, ularning hajmi kichraytirilgandi. Ammo dastlab chiqarilgan banknotlar ham muomalada qoldirildi.

Ma’lumot uchun, 50 000 so‘mlik banknota 2017 yil avgustda, 100 000 so‘mlik banknota 2019 yil fevralda muomalaga chiqarilgan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 2002
Reyting: 3.1
t
×