O‘zbekistonning 10 hududida koronavirsga chalinganlar ko‘paydi

Jamiyat 13219
image

Bugun, 16 sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 211 nafarga oshib, 48 776 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

•    92 nafari Namangan viloyatida;

•    62 nafari Toshkent shahrida;

•    14 nafari Buxoro viloyatida;

•    10 nafari Qashqadaryo viloyatida;

•    9 nafari Samarqand viloyatida;

•    8 nafari Sirdaryo viloyatida;

•    7 nafari Surxondaryo viloyatida;

•    4 nafari Toshkent viloyatida;

•    3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;

•    2 nafari Navoiy viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, Sergeli tumanida yashagan 61 yoshli X.M. (erkak) hamda Yunusobod tumanida yashagan 69 yoshli Sh.Sh. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 45 058 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 3 313 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 372
Reyting: 3.1
t
×