O‘zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi

Bu qiziq 11702
image

Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekistongaga Rossiyaning Yevropa hududidan sovuq va nam havo massalari kirib keldi. Dam olish kunlari respublika bo‘yicha birinchi kuz yomg‘iri yog‘di va haroratning sezilarli darajada pasayishi kuzatildi.

Gidrometeorologiya xizmati markazining ma’lum qilishicha, bugun va ertaga O‘zbekiston sovuq antitsiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Sovuq havo asosan tungi haroratga ta’sir qilib, 2-5 daraja iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni quyosh havoni 18-20 daraja iliqqacha isitadi.

Hafta o‘rtasidan havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va oktyabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yetadi. Havo harorati kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 20-23 daraja iliq atrofida, janubda 25 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli bo‘ladi. 12-13 oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 675
Reyting: 3
Teglar
t
×