Yil boshidan beri aholiga qancha keshbek to‘langani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat 5287
image
-

Joriy yilning mart oyida iste’molchilar tomonidan yig‘ilgan jami keshbek summasidan 23 aprel holatiga 22,7 mlrd so‘m to‘lab berildi. Yil boshidan beri to‘langan keshbek 57,5 mlrd so‘mga yetgan. Bu haqad Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Shuningdek, sotuvchilar tomonidan 1080 ta xarid cheki bekor qilingani sababli 260 mln so‘m keshbek to‘lanmaydigan bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan:

•    soliq hisobotlari topshirilishi;
•    hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
•    soliq qarzdorligi kamaytirilishi 
•    inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

Ma’lumot uchun, 2022 yil 1 yanvardan xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1 foiz keshbekka ega bo‘lmoqda.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 173
Reyting: 3.1
Teglar
t
×