Zo‘ravon er xotinini bir yarim yil hojatxonaga qamab qo‘ydi

Olam 61613
image

Joriy yilning 13 oktyabr kuni Hindistonning Panipat shahrida yashovchi 35 yoshli ayol uy qamog‘idan qutqarildi. Ayolning eri uni bir yarim yil oldin hojatxonaga qamab qo‘ygan. Bu haqda "Daily Mail" xabar bermoqda. 

Hodisa mahalliy aholining ayolni himoya qilish maqsadida tuman politsiyasiga murojaatidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Voqea joyiga kelgan politsiya uch farzandning onasi bo‘lgan ayolni 0,8 kvadrat metr maydonga ega hojatxonada yerda yotganining guvohi bo‘lgan.

Xabarlarga ko‘ra, unga oxirgi 18 oy ichida ovqat va suv berilmagan. Ayol shu qadar zaifligidan qutqarilganidan so‘ng o‘zi yurolmagan.

Jabrlanuvchining eri ayolni ruhiy kasal bo‘lganini, ammo buni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eta olmasligini aytgan. 

Politsiya xodimlari zo‘ravon erni hibsga olishgan.  Jabrlanuvchi esa avval shifoxonaga yuborilgan, so‘ng qarindoshining qaramog‘iga o‘tkazilgan.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3124
Reyting: 3
t
×